logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Edegor "Manchester Siti"ga qarshi finalda o'ynaydimi?

 16 MART, 2026, 22:42

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta matbuot anjumani chog'ida yarim himoyachi Martin Edegorning holati haqidagi savolga javob berdi. Norvegiyalik futbolchi oxirgi marta 22 fevral kuni maydonga tushgan edi.

"Edegorda Liga Kubogi finalida o'ynash imkoniyati bormi? Ha. U ushbu o'yinda jamoaga yordam berishni juda xohlayapti. Ammo biz yaqin kunlarda uning qanday mashg'ulot o'tkazishi va o'zini qanday his qilishini kuzatishimiz kerak. Tarkibimizda futbolchilar qanchalik ko'p bo'lsa, shunchalik yaxshi", — dedi Arteta jurnalistlarga.

Angliya Liga Kubogining "Arsenal" va "Manchester Siti" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvi 22 mart, yakshanba kuni bo'lib o'tadi. "Uembli" stadionidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ