logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Alvaro Arbeloa "Real"da qolishi mumkin

 16 MART, 2026, 20:36

Yanvar oyida Alvaro Arbeloa mavsum yakuniga qadar vaqtinchalik asosda "Real" boshqaruvini qo'lga olgan edi. Arbeloada ushbu lavozimni saqlab qolish imkoniyatlari bor, biroq hammasi natijalarga bog'liq.

The Athletic jurnalisti Mario Kortegananing xabar berishicha, "Real"ning so'nggi uchta o'yindagi ishtiroki Arbeloaning murabbiylik lavozimidagi pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamlagan. "Qaymoqranglilar" ushbu uch bahsda "Selta" (2:1), "Manchester Siti" (3:0) va "Elche" (4:1) jamoalarini mag'lub etishdi.

"Real" navbatdagi o'yinini 17 mart, seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida safarda "Manchester Siti"ga qarshi o'tkazadi. O'z maydonidagi 3:0 hisobidagi g'alabadan so'ng, Arbeloa jamoasi keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ