logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Chelsi»ga shartli transfer taqiqi qo'yildi — Sky Sports

 16 MART, 2026, 19:36

Londonning «Chelsi» klubi Angliya Premer-ligasi tomonidan transferlarga shartli taqiq oldi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, klub sobiq egasi Roman Abramovich davrida moliyaviy qoidalarni buzgani uchun jazolangan. Mustaqil komissiya «Chelsi»ni 10,75 million funt sterling miqdorida jarimaga tortdi. Jazo 2011–2018 yillar oralig'idagi moliyaviy hisobotlar, uchinchi tomon investitsiyalari hamda yoshlar rivoji bilan bog'liq qoidalar buzilgani bilan izohlanadi.

Shuningdek, Premer-liga klubga akademiyasi uchun yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishni to'qqiz oyga taqiqladi. Asosiy jamoa uchun esa bir yillik shartli transfer taqiqi joriy etildi. Bu qaror ikki yillik sinov muddati bilan amal qiladi.

Ayni paytda Angliya chempionatida 30 turdan keyin «Chelsi» 48 ochko to'plab, turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ