"Arsenal" Kalafori bo'yicha qaror qabul qildi
16 MART, 2026, 17:24
Londonning "Arsenal" klubi jamoa qanot himoyachisi Rikkardo Kalaforining kelajagi bo'yicha bir to'xtamga keldi.
Goal xabariga ko'ra, "kanonirlar" 23 yoshli himoyachiga Italiyaning "Inter", "Milan", "Yuventus" va "Napoli" kabi grand jamoalaridan qiziqish bo'layotganiga qaramay, uni yozgi transfer oynasida sotish niyatida emas.
Shu bilan birga, futbolchining o'zi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni, ayniqsa, o'zi uchun sevimli bo'lgan markaziy himoya pozitsiyasida to'p surishni istayotgani aytilmoqda.
Transfermarkt 50 millionga baholayotgan Kalafori joriy mavsumda 28 ta o'yinda 1 ta gol urib, 3 ta assist amalga oshirdi.
