logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Atletiko" Alvaresni faqat katta mablag' evaziga Angliyaga qo'yib yuborishi mumkin

 16 MART, 2026, 15:54

Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Xulian Alvaresni "Barselona"ga sotish niyatida emas. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "matraschilar" hujumchini "Barselona"ga qo'yib yubormoqchi emas, biroq klub Angliya grandlaridan 100 million evrodan ortiq taklif tushsa, buni ko'rib chiqishi mumkin. Mish-mishlarga qaraganda, hujumchining xizmatlariga "Arsenal" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares barcha musobaqalarda 42 ta o'yinda ishtirok etdi, 16 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Alvaresning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ