logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Soboslai «Liverpul»dagi inqiroz haqida bor haqiqatni aytdi

 16 MART, 2026, 13:36

«Liverpul» «Tottenxem» ustidan qozonilayotgan g'alabani qo'ldan chiqardi – uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. O'yindan so'ng mersisaydliklar yarim himoyachisi Dominik Soboslai o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Bu juda katta umidsizlik. Nima sodir bo'lganini bilmayman, aytishga gap ham yo'q. Yana so'nggi daqiqada gol o'tkazib yubordik – bu mavsumda bunday holat necha marta takrorlanganini ham bilmayman.

Biz uyg'onishimiz kerak. Men o'zimni ruhan bo'shab qolgandek his qilyapman. O'zimizga kelishimiz shart, chunki bunday o'yin bilan Konferentsiyalar ligasiga yo'llanma olish ham biz uchun baxt bo'lib qoladi. Nima uchun bunday bo'layotganini tushunmayapman – rostdan ham bilmayman», — dedi Soboslai Sky Sports nashriga.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni, 18 martda «Liverpul» Chempionlar ligasi doirasida «Galatasaroy»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ