logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» tarkibni tubdan o'zgartirishni va yangi murabbiy olib kelishni rejalashtirmoqda

 16 MART, 2026, 13:12

Joriy mavsum yakunlanganidan so'ng Madridning «Real» klubi tarkibida jiddiy o'zgarishlar yuz berishi mumkin. «Qaymoqranglilar» rahbariyati jamoani ko'plab pozitsiyalarda kuchaytirish zarur deb hisoblamoqda.

Pacojo Delgado nashrining xabar berishicha, klub himoya markazi va qanotlari uchun yangi o'yinchilar izlamoqda. Shuningdek, yangi hujumchi, vinger va ikkita markaziy yarim himoyachi sotib olish bo'yicha ham ishlar olib borilmoqda.

Shu bilan birga, manbaning ta'kidlashicha, «Real»da yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin. Jamoa tarkibi aynan yangi murabbiyning talablari asosida, uzoq muddatli istiqbolni ko'zlagan holda shakllantiriladi.

Hozirda madridliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi va peshqadam «Barselona»dan to'rt ochkoga ortda qolmoqdalar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ