logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabregas «Roma» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa xarakterini maqtadi

 16 MART, 2026, 13:06

«Komo» bosh murabbiyi Fransesk Fabregas A Seriyaning 29-turi doirasida «Roma» ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

15 mart kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda Fabregas jamoasi o'yin davomida hisobda ortda borayotib, xarakter va vazminlik ko'rsata olganini ta'kidladi.

«Men doimo echim topa oladigan jamoani ko'rdim. Penaltidan so'ng o'zini yo'qotib qo'yish juda oson, biroq yigitlar [g'alabaga] juda chanqoq edilar», — deya ispaniyalik mutaxassisning so'zlarini keltirmoqda TMW.

Yarim himoyachi Da Kunya alohida maqtovga loyiq ko'rildi.

«Da Kunyaning ajoyib o'yin o'tkazgani yangilik emas. U biz uchun fundamental ahamiyatga ega futbolchi. Uning o'sish salohiyati juda yuqori. U ruhiyat jihatdan haqiqiy sardor», — dedi murabbiy.

Hozirda «Komo» 54 ochko bilan turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ