logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yunayted» Kazemironi olib qoladimi? Kerrik braziliyalik yulduzning kelajagi borasidagi savollarga javob berdi

 16 MART, 2026, 12:54

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yarim himoyachi Kazemironing kelajagi borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Braziliyalik futbolchi «Aston Villa» ustidan qozonilgan muhim g'alabada (3:1) gol urib, «qizil iblislar»ga yordam berdi. Shu yilning yanvar oyidayoq 34 yoshli xavbek mavsum yakunida klubni tark etishini e'lon qilgan edi, biroq uning o'yinlari futbolchini qolishga ko'ndirish kerakligi haqidagi gap-so'zlarga sabab bo'ldi. Jurnalistlar murabbiydan voqealarning bunday rivoji qanchalik ehtimolga yaqinligini so'rashdi.

«Biror gapni ishonch bilan aytish qiyin. Qaror allaqachon qabul qilib bo'lingani, qaysidir ma'noda vaziyatni oydinlashtiradi. Hamma vaziyat qanday ekanligini tushunib turibdi.

Kazemiro men klubga qaytgan birinchi kunimdanoq o'zini ajoyib tarzda ko'rsatmoqda. U gollar urmoqda va jamoada juda muhim rolni ijro etmoqda», — dedi Kerrik o'z intervyusida.

«Manchester Yunayted» 30-turdan so'ng Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ