logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Devid «Yuventus»ni tark etishi mumkin. Unga APL va Liga 1 klublaridan takliflar bor

 16 MART, 2026, 12:18

«Yuventus» hujumchisi Jonatan Devid yozgi transfer oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Kanadalik futbolchi Italiyaga ko'chib o'tganidan keyingi debyut mavsumida o'z salohiyatini to'liq namoyon eta olmadi. Insayder Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, «Yuventus» Devidni «dahlsiz» futbolchi deb hisoblamaydi, chunki jamoa ustozi Luchano Spalletti asosiy urg'uni boshqa hujumchilarga qaratishni rejalashtirmoqda. So'nggi kunlarda Angliya Premer-ligasining ikkita klubi 26 yoshli futbolchi bo'yicha so'rov yuborgan, shuningdek, «Lill»ning sobiq yulduziga Frantsiya Liga 1 jamoalaridan ham qiziqish bor.

Jonatan Devid joriy mavsumda «byankoneri» safida 39 ta o'yinda ishtirok etib, ettita gol va beshta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi. Transfermarkt portalida uning narxi 35 million evro etib belgilangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ