logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Anchelotti: «Real»ga vaqt bering»

 16 MART, 2026, 12:18

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoaning muvaffaqiyatiga ishonadi.

Seshanba kuni Alvaro Arbeloa shogirdlari Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvini o'tkazishadi. Ilk o'yinda «qaymoqranglilar» o'z maydonlari — «Santyago Bernabeu»da kuchli raqibni tor-mor etishgan edi — 3:0.

«Real»ning ushbu avlodiga shunchaki vaqt kerak», — deya Madrid Universal nashri «qirollik klubi»dagi vaziyat haqida fikr bildirgan Anchelottining so'zlarini keltirmoqda.

Karlo Anchelotti o'tgan yilning may oyi oxirida «Real» bosh murabbiyi lavozimini tark etib, Braziliya terma jamoasiga o'tgan edi va hozirgacha u erda faoliyat yuritmoqda.

La Ligada madridliklar «Barselona»dan to'rt ochko ortda qolgan holda ikkinchi o'rinda borishmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ