logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arne Slot «Tottenxem» bilan durang sabablarini aytdi

 16 MART, 2026, 01:00

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot o'z maydonida «Tottenxem» bilan qayd etilgan durangdan (1:1) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Afsuski, biz bittadan ko'proq gol urishni uddalay olmadik. Nazarimda, o'yinning eng teng kechgan qismi uning yakuni bo'ldi — o'shanda har ikki jamoada vaziyatlar yuzaga keldi. Raqibning aksariyat xavfli vaziyatlari ular gol urgan vaziyatga o'xshash holatlardan kelib chiqdi.

Albatta, bu ikki ochkoni boy berish degani. O'z maydonimizda shuncha vaqt hisobda oldinda borib, yakunda bunday natija qayd etilishi — shubhasiz, yo'qotilgan ikki ochkodir», — dedi Slot Match of the Day ko'rsatuvida.

Qo'shimcha qilish joizki, «Liverpul» ayni damda Angliya chempionati turnir jadvalida beshinchi pog'onani egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ