logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Igor Tudor «Liverpul» bilan o'yindan so'ng iste'fo haqidagi savollarga javob berdi

 16 MART, 2026, 00:42

Igor Tudor o'z kelajagi borasida fikr bildirdi. Yakshanba kuni «Tottenxem» safarda «Liverpul» bilan bahsda 1:1 hisobidagi durangga erishdi. Bu hozirgacha Tudor qo'l ostida o'tkazilgan beshta o'yin ichida «Tottenxem» mag'lub bo'lmagan yagona uchrashuvdir.

«Mening kelajagim? Agar yaxshi natija bo'lmasa, har qanday klubda vaziyat bir xil, «Tottenxem» ham bundan mustasno emas. Murabbiy almashishi umid beradi, lekin muammo qolmoqda. Murabbiy bu muammoni hal qilishi kerak. Jurnalistlar bunday savollarni berishni yaxshi ko'rishadi, lekin bundan mantiq yo'q. Doim bir xil savollar», — dedi Tudor «Enfild»dagi o'yindan keyingi intervyusida.

«Tottenxem» Angliya chempionati turnir jadvalida 16-pog'onani egallab turibdi. «Shporlar» xavfli hududdan (quyi ligaga tushib ketish zonasidan) atigi bir ochko oldinda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ