Gavi yana safda! «Barselona» yulduzi yarim yillik tanaffusdan so'ng maydonga qaytdi
15 MART, 2026, 23:42
Gavi avgust oyidan beri ilk bor maydonda ko'rinish berdi.
«Barselona» yarim himoyachisi La Liga 28-turi doirasida kechgan «Sevilya»ga qarshi o'yinning (5:2) 81-daqiqasida Rafinyani almashtirdi.
Ispaniyalik futbolchi tizzasidagi muammolar sababli qariyb yarim yil davomida maydonga tusha olmagan edi, sentyabr oyida u operatsiya qilingandi. Bundan avval ham futbolchi aynan o'sha tizzasidagi xochsimon bog'lamlari uzilishi tufayli bir yilga yaqin vaqtni o'tkazib yuborgan edi.
