logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Bavariya» Luis Diasning chetlatilishi yuzasidan apellyatsiya berdi

 15 MART, 2026, 23:12

«Bavariya» Bundesliganing 26-turidan o'rin olgan «Bayer»ga qarshi o'yinda (1:1) Luis Diasning maydondan chetlatilishi yuzasidan shikoyat qildi.

Vinger uchrashuvning 84-daqiqasida raqib jarima maydonchasida simulyatsiya ishlatgani uchun ikkinchi sariq kartochkani oldi — kolumbiyalik futbolchi penalti ishlash maqsadida darvozabon bilan kontaktni bo'rttirib ko'rsatgan edi. Dias birinchi kartochkani xavfli o'yin uchun, ya'ni Aleish Garsiyaning boshiga butsasining tishlari bilan tekkizib yuborgani uchun olgandi. Shu tariqa, «Bavariya» o'yinni 9 kishi bo'lib yakunladi — birinchi bo'limda hakam Kristian Dingert Nikolas Jeksonni ham maydondan chetlatgan edi.

Keyinchalik Dingert Diasni chetlatishda xatoga yo'l qo'yganini tan oldi.

Jurnalist Kerri Xauning xabar berishicha, bugun «Bavariya» Diasning chetlatilishi yuzasidan Germaniya Sportiv sudiga apellyatsiya topshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ