logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. Rafiniyaning benefisi: «Barselona» o'z maydonida «Sevilya» darvozasiga 5 ta gol urdi

 15 MART, 2026, 22:18

«Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida kechgan bahsda «Sevilya» ustidan yirik g'alabaga erishdi — 5:2.

Mezbonlar safida Rafiniya xet-trik qayd etdi — u gollarining ikkitasini penaltidan, bittasini esa o'yindan kiritdi. Shuningdek, «ko'k-anorranglilar»dan Dani Olmo va Joau Kanselu ham o'z nomini tabloga yozdirib qo'yishdi. Mehmonlarning gollariga Oso va Djibril Sou mualliflik qilishdi.

Ushbu g'alabadan so'ng «Barselona» ochkolari sonini 70 taga etkazdi va La Liga turnir jadvalidagi peshqadamligini yanada mustahkamladi. «Sevilya» esa 31 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda.

Ispaniya La Ligasi. 28-tur
15.03.2026 | 20:15
«Kamp Nou», Barselona

«BARSELONA» — «SEVIL'Ya» — 5:2 (LIVE)
Gollar: Rafinya 9-pen (1:0), Rafinya 21-pen (2:0), Olmo 38 (3:0), Oso 45 (3:1), Rafinya 51 (4:1), Joau Kanselu 60 (5:1).

«Barselona»: Garsiya, Joau Kanselu (Arauxo, 66), Martin, Kubarsi, Espart, Olmo, Bernal (Kasado, 67), Pedri (Fermin Lopes, 46), Rafinya (Gavi, 82), Levandovski, Bardji (Yamal, 67).

«Sevilya»: Vlaxodimos, Suaso (Vargas, 46), Gudel, Nyanzu (Kastrin, 70), X. Sanches, Sou, Agume (Manu Bueno, 78), Oso, A. Sanches, Karmona (Edjuke, 46), Adams (Mope, 46).

Ogohlantirish: Suaso (37).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ