logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Boks. O'zbekiston «Futures Cup»da ham birinchi bo'ldi!

 15 MART, 2026, 19:42

8-15 mart kunlari Tailandning Bangkok shahri yoshlar o'rtasida "Futures Cup" xalqaro turniriga mezbonlik qildi.

Bahslarda ishtirok etgan terma jamoamiz a'zolari 4 ta oltin, 5 kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar. Ushbu natija vakillarimiz uchun musobaqaning “eng yaxshi jamoasi” bo'lish imkoniyatini kafolatladi. Umumjamoa hisobida bizdan keyin qo'shnimiz Qozog'iston va uchinchi o'rin AQSh vakillariga nasib etdi.

G'olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:
-85 kg. Sardorbek Bahromxo'jaev
-90 kg. Asadbek Sultonboev
+90 kg. Islom Salixov
-60 kg. Rushanabonu Isoeva

Kumush medal:
-75 kg. Suxrob Rahmatullaev
-51 kg. Nazokat Mardonova
-65 kg. Sevara Mamatova
-75 kg. Samira Turg'unova
-80 kg. Asaloy Baxtiyorova

Bronza medal:
-50 kg. Abdug'ani Yorqinjonov
+80 kg. Nilufarxon Abduhoshimova

Murabbiylar: Xulio Li Echavarria, Sirojiddin Naimov, Baxtiyor To'raboev, Elnur Abduraimov, Temur Axbaev, Eldor Holmatov, Mirxon Sodiqov, Shahobbek Jo'raev.

Jamoa menejeri: Mirzohid Numonov
Hakam: Maruf Urdushev

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ