logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arbeloa shogirdlarining "Elche" ustidan qozongan g'alabasiga munosabat bildirdi

 15 MART, 2026, 15:48

Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida Madridning «Real» klubi o'z maydonida «Elche»ni 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. «Qirollik klubi» ustozi Alvaro Arbeloa ushbu uchrashuvdan so'ng ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi.

«Qanday ajoyib kecha! Yigitlar bilan faxrlanaman, o'yindan mamnunman», — deyiladi bosh murabbiyning ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.

«Qaymoqranglilar» 66 ochko jamg'arib, La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Arbeloa shogirdlari peshqadam «Barselona»dan bir ochkoga ortda qolmoqda, biroq «ko'k-anorranglilar» ixtiyorida yana bitta zaxira o'yini mavjud.

La Ligadagi navbatdagi bahsni «Real» o'z uyida «Atletiko»ga qarshi o'tkazadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ