logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Sevilya» bilan o'yin oldidan Flik yosh futbolchilar va jarohatlar haqida to'xtaldi

 15 MART, 2026, 12:36

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning jismoniy holati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Biz «Atletiko»dan uchralgan mag'lubiyatdan tegishli xulosalar chiqardik. Oxirgi 11 kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik, shu sababli tarkibda jiddiy o'zgarishlar qilish imkoniyatlarimiz cheklangan. Bundan tashqari, ayrim futbolchilar jarohatdan so'ng safga qaytishmoqda, bizga biroz ko'proq vaqt kerak. Sodir bo'lgan barcha o'yinlar juda shiddatli o'tdi, tarkibimizda esa juda yosh futbolchilar bor», — deya Flikning so'zlarini keltiradi Barça Universal.

Yakshanba kuni, 15 martda «Barselona» Ispaniya chempionatining 28-turi doirasida o'z maydonida «Sevilya»ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ