logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:09
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal» Dyokereshning o'rniga yangi «superto'purar» qidirmoqda

 15 MART, 2026, 12:24

Londonning «Arsenal» klubi yozgi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Transfer News Live nashrining El Nacionalga tayanib xabar berishicha, londonliklar «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresga bo'lgan qiziqishini saqlab qolmoqda.

«Kanonirlar» 26 yoshli Alvares ularning sport loyihasidagi etishmayotgan «detal» bo'lishi mumkin deb hisoblashadi. «Arsenal» Madrid klubining Alvares uchun so'rayotgan 100 million evro miqdoridagi talabini qondirishga tayyor.

Avvalroq «Arsenal» rahbariyati Viktor Dyokereshdan katta umidlar kutgan edi, biroq u hozircha «superto'purar» vazifasini barqaror ravishda bajarishga tayyor emas.

Eslatib o'tamiz, «Arsenal» shanba kuni o'z maydonida «Everton»ni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ