Menya: "Bu quruq gap emasdi"
15 MART, 2026, 09:00
Frantsiyalik darvozabon Mayk Menyan 2021 yilda «Milan»ga qanday o'tganini va o'shanda Zlatan Ibrahimovichdan aniq ko'rsatma olganini esladi. O'shanda mashhur sobiq hujumchi unga: «Milan — bu oila», — degan edi.
«2021 yilda Ibrahimovich bilan bo'lgan ilk uchrashuvimizni eslayman. U menga: «Biz shu erdamiz, bu — oila», — dedi va men bu shunchaki aytilgan balandparvoz gaplar emasligini darhol tushundim. Men «Milan»da aynan shu tuyg'u bilan ishlayman. Bu haqiqat», — deya Menyanning so'zlaridan iqtibos keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o'tamiz, Mayk Menyan avvalroq Frantsiya chempionatida «Lill» sharafini himoya qilgan.
