logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real»ning 19 yoshli himoyachisi La Ligadagi debyuti haqida gapirdi

 15 MART, 2026, 08:54

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Diego Aguado La Ligada ilk bor maydonga tushdi.

19 yoshli futbolchi shanba kuni «Elche»ga qarshi kechgan bahsning 61-daqiqasida Antonio Ryudigerning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi.

«Bu ta'riflab bo'lmas tuyg'u. Klubga kelgan ilk kunimdayoq ushbu lahza haqida orzu qilgandim. Meni mashg'ulotlarga olib borgan ota-onamning qo'llab-quvvatlovi tufayli asta-sekin bunga erishdim. His-tuyg'ularimni ifodalashga so'z ojiz. Arbeloa mendan erkin o'ynashimni va shunchaki o'zim bilgan ishni qilishimni so'radi. Ushbu futbolka xonamda ramkaga solib qo'yiladi», — dedi Aguado jurnalistlar bilan suhbatda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ