logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Vinisius Arbeloa qo'l ostida ilk bor zaxiraga olindi

 15 MART, 2026, 06:06

Alvaro Arbeloa ilk bor Vinisius Juniorni o'yin qizg'in pallada zaxiraga oldi.

«Real» vingeri «Elche»ga qarshi bahsning (4:1) 58-daqiqasida, o'sha paytgacha samarali harakatlari bilan ajralib turmagan bir vaziyatda maydonni tark etdi. Uning o'rniga Arda Gyuler o'yinga qo'shildi.

Vinisius bilan birga Federiko Valverde va Orelen Tchuameni ham almashtirildi. Oradan uch daqiqa o'tib, yana bir muhim o'yinchi — Antonio Ryudiger maydonni tark etdi. 63-daqiqada esa Braim Dias ham zaxiraga olindi.

Bunga qadar braziliyalik futbolchi Arbeloa boshchiligidagi barcha o'yinlarda 90-daqiqagacha maydonda harakat qilgan edi. Eslatib o'tamiz, Alvaro 13 yanvar kuni Madrid jamoasi boshqaruvini qo'lga olgandi.

17 mart kuni «Real» Chempionlar ligasida «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ