«Arsenal» jiddiy yo'qotishga uchradi
15 MART, 2026, 00:00
«Arsenal» shanba oqshomida Angliya Premer-ligasi doirasida o'z maydonida «Everton»ga qarshi o'yin o'tkazmoqda. Birinchi bo'lim davom etayotgan bir vaqtda «kanonirlar» ustozi Mikel Arteta majburiy o'zgarishni amalga oshirishiga to'g'ri keldi. Himoyachi Yurren Timber jarohat oldi. 38-daqiqada uning o'rniga shoshilinch ravishda Kristian Moskera maydonga tushdi.
Birinchi bo'limdan so'ng «Emireyts» stadionidagi tabloda 0:0 hisobi qayd etilib turibdi.
«Arsenal» Premer-ligada peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi «Manchester Siti» bitta kam o'yin o'tkazgan holda etti ochkoga ortda qolmoqda.
