logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Arsenal», «Siti» va «Chelsi» Kayodeni o'z safiga qo'shib olmoqchi

 14 MART, 2026, 23:24

Premer-liganing bir qator yirik klublari yozgi transfer oynasi oldidan «Brentford» o'ng qanot himoyachisi Maykl Kayodega qiziqish bildirmoqda.

Kayode joriy mavsumda «Brentford»ning APLdagi 29 ta o'yinidan 28 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi va evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashayotgan Kit Endryus jamoasida muhim rol o'ynamoqda.

21 yoshli futbolchi ushbu mavsumda chempionat doirasida gol yoki golli uzatmani amalga oshirmagan bo'lsa-da, uning to'pni qo'l bilan uzoq masofaga tashlab berishi «arilar» uchun jiddiy hujum quroliga aylandi.

La Stampa nashrining xabariga ko'ra, uning o'yinlari «Arsenal», «Manchester Siti», «Chelsi» va «Tottenxem» kabi klublar e'tiborini tortgan.

«Tottenxem» italiyalik himoyachini Pedro Porroning ehtimoliy o'rinbosari sifatida ko'rmoqda. Porroning omadsiz mavsumdan keyingi kelajagi klubda so'roq ostida qolmoqda va turli mish-mishlarga sabab bo'lmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ