logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Sherki o'z kumirlarini sanadi

 14 MART, 2026, 20:06

«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki o'zining o'yin uslubi, shuningdek, kumirlari haqida gapirib berdi.

«Futbol mening ishimga aylandi. Lekin men futbolni sevishimga sabab bo'lgan uslubda o'ynashga harakat qilaman. Bu Eden Azar, Neymar, Ronaldino, Krishtianu Ronaldu va Messining futbolidir», — deya xavbekning so'zlaridan iqtibos keltiradi L’Équipe.

Sherki 2025 yilning yozidan beri Angliyada to'p surmoqda — 22 yoshli futbolchi Frantsiyaning «Lion» klubidan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 38 ta o'yinda ishtirok etib, to'qqizta gol va o'nta golli uzatmani amalga oshirdi.

Frantsiyalik futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ