«U APLning eng yaxshi murabbiylaridan biri»: Xyurtseler Artetaga bo'lgan hurmatini izhor qildi
14 MART, 2026, 19:48
«Brayton» bosh murabbiyi Fabian Xyurtseler Londonning «Arsenal» klubi ustozi Mikel Arteta haqida fikr bildirdi. Avvalroq «chaykalar» boshqaruvchisi «kanonirlar»ni o'zaro o'yinda vaqt cho'zganlikda ayblab, tanqid qilgan edi.
«Men Artetaga xat yozdim. Uni juda hurmat qilaman, u Premer-liganing eng yaxshi murabbiylaridan biri. Ularning o'yinini kuzatish menga juda yoqadi va ko'plab harakatlariga qoyil qolaman. Mening sharhlarim shaxsiy xarakterga ega emas edi», — deya Xyurtselerning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining 29-turida «Brayton» o'z uyida «Arsenal»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
