logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:12
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL grandlari Said El-Mala uchun kurash boshlashdi

 14 MART, 2026, 16:30

Germaniyaning «Kyoln» klubi vingeri Said El-Mala Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirish variantlariga ega. Bu haqda Caught Offside jurnalistlari ma'lum qilishdi.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 19 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga APLning ikki top-klubi — «Manchester Yunayted» va Londonning «Chelsi» jamoalari qiziqish bildirmoqda. Germaniya tomoni hujumkor yarim himoyachi bilan 50-60 million evro evaziga xayrlashishga tayyor. Saidning «echkilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda El-Mala 27 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Vinger o'z hisobiga sakkizta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ