Sharifa Davronova jahon chempionatida qatnashadi
14 MART, 2026, 13:48
20-22 mart kunlari Polshaning Torun shahrida engil atletika bo'yicha yopiq inshootlardagi jahon chempionati bo'lib o'tadi. Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sharifa Davronova ishtirok etadi.
Hamyurtimiz uch hatlab sakrash dasturida yuqori pog'onalar uchun kurash olib boradi. Uning ishtiroki 21 mart sanasiga belgilangan.
