logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski: "Hozir bu haqida o'ylayotganim yo'q"

 14 MART, 2026, 13:42

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski o'zining kelajagi borasidagi savolga javob berdi.

37 yoshli futbolchining shartnomasi joriy mavsum yakunida nihoyasiga etadi. Polyakning keyingi mavsumda «ko'k-anorranglilar» safidagi faoliyatini davom ettirish yoki ettirmasligi hamon noma'lum bo'lib qolmoqda.

«Men o'zimga bosim o'tkazishni istamayman. Ehtimol, 25 yoki 30 yoshimda hammasi boshqacha bo'lardi. Tajribam va yoshimni hisobga olsak, hozirning o'zidayoq bir qarorga kelishim to'g'ri emas. Ayni damda qaysi yo'nalishda davom etishni xohlashimni bilmayman, shu bilan birga, hech qanday stressni his qilmayapman. Bir necha oydan keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Hozircha bu haqda bilmayman va o'ylayotganim ham yo'q», — deya Levandovskining so'zlarini keltiradi The Athletic.

Hujumchi joriy mavsumda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ