logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Nyukasl» yulduzi ketmoqchi

 14 MART, 2026, 13:42

«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon joriy mavsum yakunidan so'ng klubini o'zgartirish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

25 yoshli futbolchi «qarg'alar»ning Premer-ligadagi holatidan norozi va top-klubga o'tish haqida o'ylamoqda, deb xabar bermoqda Football Insider. Angliyalik futbolchi uchun anchadan beri da'vogarlar qatorida tilga olinayotgan «Liverpul» varianti qiziqarli. Shuningdek, «Nyukasl» yulduzi uchun «Arsenal» ham kurashishi mumkin — ayniqsa, Gabriel Martinelli sotib yuborilgan taqdirda. Boshqa mahalliy grandlar ham vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Entoni Gordon joriy mavsumda «Nyukasl» safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi. Transfermarkt saytidagi ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bahosi 60 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ