logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi" o'z yulduzini xavf ostiga qo'ymoqchi emas

 14 MART, 2026, 13:12

Londonning "Chelsi" klubi vingeri Estevao Villian Angliya Premer-ligasining "Nyukasl"ga qarshi bo'lajak o'yinida jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda "aristokratlar" bosh murabbiyi Liam Rosenor ma'lum qildi.

"Villian bu dam olish kunlarida o'ynamaydi. Unga to'liq tiklanishi uchun hali vaqt kerak. Biz uning jarohatiga ehtiyotkorlik bilan yondashyapmiz", — deya mutaxassisning so'zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Qayd etish joizki, braziliyalik futbolchi o'tgan oyning o'rtalaridan beri maydonda ko'rinish bergani yo'q.

Joriy APL mavsumida Estevao 19 ta uchrashuvda ishtirok etdi. 18 yoshli vinger o'z hisobiga ikkita gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ