logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Laporta: "Biz unga ishongan edik, u esa bizni sharmandali tarzda sotib ketdi"

 14 MART, 2026, 13:06

«Barselona» prezidenti Joan Laporta yaqinda bergan intervyusida klubning yosh iste'dodi Dro Fernandesning kutilmaganda «PSJ» safiga borib qo'shilgani haqida gapirib, ushbu transfer tafsilotlariga to'xtaldi. Klub rahbari mazkur ketishni shunchaki transfer emas, balki «sotqinlik» deya ta'rifladi.

Laportaning fikricha, bu voqeada asosiy rolni futbolchining agenti Ivan de la Penya o'ynagan. Prezident agentni klub rahbariyatini aldab, jamoa ortidan yashirincha Parij klubi bilan muzokaralar olib borganlikda aybladi.

«Biz unga to'liq ishongan edik, u esa bizni sharmandali tarzda sotib ketdi», — deya o'z noroziligini bildirdi Laporta.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining ketishi bosh murabbiy Xansi Flik uchun ham kutilmagan zarba bo'lgan. Boisi, germaniyalik mutaxassis Droni jamoaning kelajakdagi muhim bo'lagi deb hisoblab, unga asosiy tarkibdan muntazam joy berib kelayotgan edi.

E'tiborli jihati shundaki, Laporta «PSJ» klubi yoki uning rahbariyatiga nisbatan hech qanday e'tirozi yo'qligini, barcha mas'uliyat va ayb faqatgina agentning «nopok o'yinlari»da ekanini alohida qayd etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ