logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola: «Bu dunyodagi eng ahamiyatsiz narsa»

 14 MART, 2026, 13:00

«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola fevral oyi yakunlariga ko'ra Angliya Premer-ligasining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Ispaniyalik mutaxassis uchun bu 2021 yildan buyon qo'lga kiritilgan ilk bunday sovrindir. Biroq murabbiyning o'zi ushbu yutuqdan u qadar hayratlanmagan ko'rinadi.

«APLda oy murabbiyi? 2021 yildan beri birinchi martami? Oh, nihoyat. Hozirgi paytda bu dunyodagi eng ahamiyatsiz narsa. Rostini aytsam, bu meni qiziqtirmaydi», — deya ta'kidladi Gvardiola shanba kuni «Vest Xem»ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan.

Ayni damda «shaharliklar» turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. Ular peshqadam «Arsenal»dan etti ochko orqada qolmoqda, ammo zaxirada bitta o'yinlari mavjud.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ