Gvardiola shogirdlarining 0:3 hisobidagi mag'lubiyatga reaktsiyasi haqida gapirdi
14 MART, 2026, 13:00
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Madridning «Real» klubiga qarshi kechgan ilk o'yindagi muvaffaqiyatsizlikka (0:3) jamoa qanday munosabat bildirganini so'zlab berdi.
«Santyago Bernabeu»dagi uchrashuv taqdirini birinchi bo'limda Federiko Valverde tomonidan qayd etilgan xet-trik hal qildi. Javob bahsi kelasi seshanba, 17 mart kuni bo'lib o'tadi.
«O'yinchilarning reaktsiyasimi? Ularning hafsalasi pir bo'lgan. Ammo ular kulib, o'zlarini xotirjam his qilishlari menga yoqmaydi. Ularning tushkun kayfiyatda bo'lishini afzal ko'raman», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
