logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

“Manchester Yunayted” Germaniya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi — manba

 14 MART, 2026, 12:30

“Manchester Yunayted” 2026 yil yozda “Leyptsig” va Germaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi David Raumni o'z safiga qo'shib olishi mumkin. Bu haqda TeamTalk nashri xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, 27 yoshli futbolchining Angliya klubiga ehtimoliy transfer narxi 30 million funt sterlingni (34,8 million evro) tashkil qilishi mumkin.

Joriy mavsumda Raum barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroga baholanmoqda.

David Raum Germaniya terma jamoasi safida 34 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 7 ta samarali uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ