logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:05
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski "Barselona"ga o'tishi haqida: "Bu faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo'lgan"

 14 MART, 2026, 12:06

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski klubga kelgan vaqtlarini yodga oldi. "Ko'k-anorranglilar" polshalik futbolchini 2022 yilning yozida "Bavariya"dan sotib olgan edi.

"Barselona"ga o'tish haqidagi qaror faoliyatimdagi eng qiyin qarorlardan biri bo'lgan. "Bavariya"da men hamma turnirda g'olib chiqqandim, lekin o'sha paytda nimadir yangilikka ehtiyoj sezdim.

Kelishimdan avval, "Barsa"ga qarshi o'ynaganimizda jamoaga nimadir etishmayotganini sezgandim. Klub og'ir davrni boshdan kechirayotgan edi va hamma narsa avvalgi yillardagidek emasdi", – deya Levandovskining intervyusidan iqtibos keltiradi Barca Universal nashri.

Kelayotgan yozda forvard yana klubini o'zgartirishi mumkin – uning kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ