logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola - "Real"ga qarshi kambek haqida: "Bu hali hech kimning qo'lidan kelmagan"

 14 MART, 2026, 10:18

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida Madridning "Real" jamoasiga qarshi bo'ladigan javob o'yini haqidagi savolga javob berdi. "Qaymoqranglilar" Federiko Valverdening xet-trigi evaziga "Santyago Bernabeu"da 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Javob uchrashuvi 17 mart kuni bo'lib o'tadi.

"Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida "Real"ga qarshi 0:3 hisobidan so'ng vaziyatni o'nglash... Bu hali hech kimning qo'lidan kelmagan. Men vaziyat qanchalik murakkab ekanini tushunib turibman. Birinchi o'yin natijasi haqiqatan ham juda, juda yomon. Biroq bizda yana 95 daqiqa bor. Ko'ramiz", – deya Gvardiolaning so'zlaridan iqtibos keltiradi City Report nashri.

Bugun "shaharliklar" Premer-liga doirasida "Vest Xem" bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ