logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

O'zbekistonlik tajribali MMA jangchisi Mangu 2 turnirida xitoylik sportchi bilan jang qiladi (POSTER)

 14 MART, 2026, 10:16

25 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 2 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar musobaqaning yana bir jangi bo'yicha malumot berishdi.

O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Marufjon Mamaroziqov Mangu 2 turnirida Xitoy vakili Daermisi Zxaupasi bilan jang qiladi.

Bahs eng engil vazn toifasida (61 kg) o'tkaziladi.

Malumot uchun, Mamaroziqov hozirgacha 9 ta jangda ishtirok etib, 6 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyatni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Zxaupasi rekordida esa 10 ta g'alaba va 5 ta mag'lubiyat bor.




Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ