"Real" himoyachisining safga qaytish muddati aytildi
14 MART, 2026, 10:12
Madridning "Real" klubi chap qanot himoyachisi Ferlan Mendi "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (3:0) jarohat olib safdan chiqqani ma'lum bo'ldi.
Marca xabariga ko'ra, frantsuz himoyachisi son mushaklaridan olgan jarohatini davolash uchun kamida 2 hafta vaqt ketadi.
Mendi mart oyidagi FIFA kunlaridan so'ng safga qaytishi kutilmoqda.
