logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:34
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" tarkibida 20 yoshli futbolchi debyut qilishi mumkin

 14 MART, 2026, 09:42

Markaziy himoyachi Alvaro Kortes yaqin orada "Barselona"ning asosiy jamoasida debyut qilishi mumkin. Barca Universal nashrining xabar berishicha, "ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jarohatlar bilan bog'liq inqiroz fonida 20 yoshli futbolchiga imkoniyat berishga tayyor.

Kortes – chap oyoqda harakat qiluvchi markaziy himoyachi va "Barsa" ikkinchi jamoasining sardori hisoblanadi. U jismoniy jihatdan baquvvat o'yinchi sifatida ta'riflanadi. Yakshanba kuni Kataloniya grandi La Liga doirasida o'z maydonida "Sevilya"ni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, yaqinda Chempionlar Ligasi doirasida "Nyukasl"ga qarshi o'tkazilgan o'yinda "Barselona" safida 18 yoshli o'ng qanot himoyachisi Xavi Espart debyut qilgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ