Taxmina Ikromova Toshkentdagi Jahon kubogi bosqichida qatnashadi
14 MART, 2026, 09:16
10-12 aprel kunlari poytaxtimiz badiiy gimnastika bo'yicha Jahon kubogi bosqichini qabul qiladi.Musobaqaning yakkalik yo'nalishida O'zbekiston terma jamoasidan ikki nafar sportchi ishtirok etishi malum bo'ldi.
World Gymnastics malumotlariga ko'ra, Toshkentdagi Jahon kubogi bosqichida yurtimiz sharafini jarohatidan forig' bo'lgan tajribali Taxmina Ikromova hamda Lola Jo'raeva himoya qiladi.
Manba: olamsport.com
