logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda qisqa xabar qoldirdi

 13 MART, 2026, 22:48

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda yangi post qoldirdi. Frantsuz futbolchisi bir qator suratlarni e'lon qildi. Ularning ba'zilarida u jamoani tribunada qo'llab-quvvatlayotgani, maydonda yoki trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazayotgani aks etgan. Hatto taom solingan stol va Eyfel minorasining surati ham bor. Mbappe ushbu suratlar ostiga "Batareya quvvatlandi" degan ikki og'iz so'zni yozib qoldirdi.

Kilian Mbappe tizzasidagi muammo tufayli "Real"ning so'nggi o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi. Hujumchi hatto mutaxassis ko'rigidan o'tish uchun Parijga ham borib keldi. Avvalroq "Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Mbappening "Elche"ga qarshi (14 mart) o'ynamasligini, ammo "Manchester Siti" bilan bahsda (17 mart) maydonga tushish imkoniyati borligini aytgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ