logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola "Real"ni unutib, bor e'tiborini APLga qaratmoqda

 13 MART, 2026, 22:24

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionati doirasidagi «Vest Xem»ga qarshi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

«Hozir biz faqat «Vest Xem» haqida o'ylayapmiz. Bunday o'yinlar ko'p jihatdan juda qiyin kechadi. Nimadir o'xshamasligi ham mumkin. Avval ushbu uchrashuvni o'tkazib olishimiz kerak, «Real»ga qarshi imkoniyatlarimiz bor-yo'qligi haqida esa keyin bosh qotiramiz. Bizda «bankdagi dollarlar» (imkoniyatlar zaxirasi) u qadar ko'p emas, lekin ko'ramiz. Hozirgi maqsad — «Vest Xem».

Premer-liga — yutish eng qiyin bo'lgan turnir. Biz hali ham chempionlik poygasidamiz, ammo tushunib turibmizki, agar ochko yo'qotsak — hammasi tugaydi», — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Hozirda «Manchester Siti» bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan holda, peshqadam «Arsenal»dan etti ochko ortda qolmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ