logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski va Kovach "Yuventus"ga o'tishi mumkin

 13 MART, 2026, 22:12

Italiyaning "Yuventus" klubi kelasi mavsum uchun hujum chizig'ini kuchaytirish ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Robert Levandovski jamoaning transfer ro'yxatiga kiritilgan. "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti jamoaga erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin bo'lgan polshalik faxriy futbolchining tajribasi katta foyda beradi deb hisoblaydi. Avvalroq Levandovski Turinga ko'chib o'tishga ma'lum darajada qiziqish bildirgan edi, biroq yakuniy qarorgacha hali vaqt bor. Unga MLS klublaridan jozibador takliflar tushmoqda, shuningdek, futbolchining maosh bo'yicha talablari "byankonerilar" byudjetiga biroz og'irlik qilishi mumkin.

Levandovskidan tashqari, "Yuventus" skautlari AZ klubining istiqbolli yosh o'yinchisi Bendeguz Kovachga ham e'tibor qaratishgan. 18 yoshli vengriyalik futbolchi UEFA Yoshlar ligasidagi 6 ta o'yinda 9 ta gol urib, ko'pchilikning diqqatini tortdi. Kovachning transferi 5 million evroga baholanmoqda, biroq bu kurashda "Yuventus" Dortmundning "Borussiya"si, "Aston Villa" va "Sporting" kabi klublar bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ