logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:29
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Senegallik iqtidor APLga yo'l olishi mumkin

 13 MART, 2026, 22:06

"Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda The i Paper nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, "qarg'alar" skautlik xizmati senegallik futbolchining Liga 1 va Chempionlar Ligasidagi o'yinlaridan hayratda qolgan. Skautlar Kamarada dinamik APLda muvaffaqiyat qozonish uchun zarur bo'lgan jismoniy fazilatlarni alohida qayd etishgan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yaqin kelajakda boshlanishi mumkin.

"Monako" ushbu futbolchini 2024 yilda "Mets" klubidan 15 million evro evaziga sotib olgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi 23 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt portali Kamaraning narxini 30 million evro deb baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ