logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Maunt safga qaytdi

 13 MART, 2026, 21:54

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik hujumkor yarim himoyachi Meyson Mauntning safga qaytgani haqida fikr bildirdi.

"Maunt umumiy guruhga qaytdi va bu juda ajoyib. U biz uchun muhim futbolchi. Meyson hali 100 foiz tayyor emas va mashg'ulotlarda qisqa vaqt ishtirok etdi. Ammo uning qaytgani biz uchun yaxshi yangilik. Yakshanba kungi o'yinda undan foydalanish-foydalanmasligimizni ko'rib chiqamiz", — dedi Kerrik matbuot anjumanida.

Meyson Maunt so'nggi bor "Manchester Yunayted" safida ikki oydan ko'proq vaqt oldin — 11 yanvarda maydonga tushgan edi.

Yakshanba kuni, 15 mart kuni "Manchester Yunayted" Angliya chempionati doirasida o'z maydonida "Aston Villa"ga qarshi bahs olib boradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ