logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" bosh murabbiyi Kilian Mbappening qachon safga qaytishini ma'lum qildi

 13 MART, 2026, 18:12

"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi Kilian Mbappening holati haqida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi. Frantsiyalik futbolchi tizzasidagi muammo sababli oxirgi bir necha o'yinni o'tkazib yuborgan edi.

"Mbappe kundan-kunga yaxshilanib bormoqda. Uning tiklanish jarayoni rejadagidek ketyapti. Biz maxsus reja ishlab chiqqanmiz. Hamma narsa ijobiy o'zgarishlarga bog'liq, ammo men uning holati yaxshi ekanligini ko'rib turibman. Ertaga u o'ynamaydi, lekin u Manchesterga borishidan umidvorman.

Uning Manchesterga bora olishini istayman, biroq holatiga qaraymiz. Yakuniy qarorni yakshanba kuni qabul qilamiz. Umid qilamanki, u maydonga tusha oladi. Shundan so'ng Frantsiya terma jamoasi bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilamiz", — dedi Arbeloa jurnalistlarga.

Shanba kuni, 14 mart kuni "Real" Ispaniya chempionati doirasida "Elche"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ