logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yunayted»ning yangi yulduzi: 15 yoshli Gabriel asosiy jamoa mashg'ulotlarida barchani hayratlantirmoqda

 13 MART, 2026, 15:54

15 yoshli Jey-Jey Gabriel «Manchester Yunayted» hujumchisi Brayan Mbeumoni hayratda qoldirdi.

Yosh hujumchi «qizil iblislar»ning yoshlar tarkibida to'p suradi, biroq u allaqachon birinchi jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etib, tajriba oshirmoqda.

«U yaxshi, haqiqatan ham juda yaxshi o'yinchi. U biz bilan tez-tez mashg'ulot o'tkazadi va biz unda qandaydir o'ziga xos jihat borligini ko'ryapmiz. Unga hamma narsa osonlik bilan berilmoqda. Darvoza oldida u juda sovuqqon, zarbasi yaxshi va texnik jihatdan juda iqtidorli», — deya Mbeumoning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.

Jey-Jey Gabriel 2010 yilning oktyabr oyida tug'ilgan. U joriy mavsumdagi o'smirlar Premer-ligasida o'tkazilgan 19 ta o'yinda 18 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ