logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» Reshfordga La Ligadan o'rinbosar tanladi

 13 MART, 2026, 14:36

«Barselona» klubi vinger Markus Reshfordning o'rniga muqobil variantlarni o'rganmoqda. Angliyalik futbolchi ayni damda «ko'k-anorranglilar» safida «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan holda to'p surmoqda. Kataloniya klubi 28 yoshli o'yinchining transferini to'liq sotib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq «qizil iblislar» bilan hozircha kelishuvga erishilmagan.

«Marca» nashrining xabariga ko'ra, agar Reshfordni sotib olishning iloji bo'lmasa, «Barselona» e'tiborini Abde Ezzalzuli nomzodiga qaratadi. Marokashlik futbolchi joriy mavsumni «Betis» safida juda yaxshi holatda o'tkazmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ezzalzuli «Betis»ga o'tishdan oldin aynan «Barsa» sharafini himoya qilgan va kataloniyaliklarda uni birinchi navbatda sotib olish huquqi saqlanib qolgan. «Transfermarkt» portali 24 yoshli marokashlik vingerning qiymatini 20 mln evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ